AsosiyDunyo

Yaponiyaga kuchli to`fon yaqinlashmoqda

'Yaponiyaga kuchli to`fon yaqinlashmoqda'ning rasmi

Tinch okeani Filippin hududidan kelib chiqqan “Maliksi" to`foni Yaponiya arxipelagi tomon harakatlanmoqda.

Yaponiya bosh meteorologik boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, shamol tezligi sekundiga 30 metr, to`fon markazidagi bosim darajasi 994 gektopaskal. Kelayotgan haftaning ilk kunida “Maliksi” Yaponiyaning janubi- sharqiy qirg`oqlariga etib borishi mumkin. Shu boisdan meteorologlar mamlakatning janubiy hududlari aholisini to`fon yo`nalishi haqidagi xabarlarni muntazam kuzatishga chaqirmoqda.

Yapon mutaxassislari “Maliksi” to`foniga “5” tartib raqamini berishdi.

    Boshqa yangiliklar