19−23 iyun kunlari maktablarning 10−11-sinf o`quvchilari o`rtasida fizika va astronomiya bo`yicha Mirzo Ulug`bek nomidagi birinchi xalqaro olimpiada o`tkaziladi.
Ishtirokchi davlatlardan olti nafardan (fizikadan uch, astronomiyadan uch nafardan) ishtirokchining qatnashishi rejalashtirilgan. Olimpiada ikki bosqichda o`tkaziladi — nazariy va eksperimental.
Hakamlar hay`ati MDH davlatlari o`qituvchi-professor jamoalari va o`zbekistonlik olimlardan tarkib topadi.
O`zbekistonlik olimpiada g`oliblari mamlakatdagi oliy ta`lim muassasalariga imtiyozli asosda o`qishga qabul qilinadi.
Mazkur xalqaro olimpiadani har ikki yilda o`tkazish rejalashtirilgan.






