Surxondaryoda salkam 45 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini sotishga uringan Afg`oniston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Tezkor tadbir davomida, Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida ikki dona polietilen qoplarga solingan jami og`irligi 44 kilogramm 668 gramm bo`lgan opiy giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo`lgan Afg`oniston fuqarosi qo`lga olingan.






