AsosiyDunyo

Snouden Rossiyada vaqtinchalik yashash guvohnomasiga ega bo`ldi

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiyada vaqtinchalik yashash guvohnomasiga ega bo`ldi.  Guvohnoma muddati 3 yilga mo`ljallangan. Bu haqda Vesti.ru nashri xabar bermoqda.

O`tgan yili Snouden Rossiya tomonidan muddati bir yil bo`lgan boshpana bilan ta`minlangan edi. Vaqtinchalik yashash guvohnomasini olish fikri Snoudendan chiqqan. Bu haqda sobiq agentning advokati ma`lum qildi. Endi Snouden yaqin  kelajakda Rossiya fuqaroligini olish imkoniga ega bo`ladi. Shuningdek, u endi butun mamlakat bo`ylab harakat qilishi va chet elga 3 oydan uzoq bo`lmagan muddatga chiqishi mumkin. Aks holda uning vaqtinchalik yashash guvohnomasi bekor qilinadi.

Shuningdek, advokat gap siyosiy boshpana haqida ketmaganini qayd qilib o`tdi.

Eslatib o`tamiz, Edvard Snouden AQSh maxsus xizmatining kuzatuv dasturlari haqidagi maxfiy hujjatlarni OAV vakillariga topshirgan. O`tgan yili Snouden Rossiyadan siyosiy boshpana olgan edi. Vatanida unga qarshi maxfiy hujjatlarni oshkor qilgani uchun jinoiy ish qo`zg`atilgan va u uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar