AsosiyJamiyat

Davlat soliq qo`mitasi raisining o`rinbosarlaridan biri boshqa ishga o`tkazildi

'Davlat soliq qo`mitasi raisining o`rinbosarlaridan biri boshqa ishga o`tkazildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan Tursunov Normat To`lkunovich Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.

N.Tursunov davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1994 yilda Toshkent shahar Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boshlab, keyinchalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2010-2017 yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, birinchi o`rinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i lavozimlarida ishlagan.

U 2017 yil oktyabr oyidan buyon Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar