Fayzibaev Alimjan Elchievich Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri ma`lum qildi.
Fayzibaevni yangi lavozimga tayinlash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi tegishli Farmoni imzolangan.
Alimjan Fayzibaev davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani davlat soliq inspeksiyasi bo`lim boshlig`i vazifasidan boshlagan.
Keyinchalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2000-2013 yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek, Mirobod, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshlig`i lavozimida ishlagan.
U 2017 yil may oyidan buyon Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i vazifasida ishlab kelayotgan edi.






