AsosiyJamiyat

Kelgusi yil O`zbekistonda Qozog`iston yili deb e`lon qilinadi

'Kelgusi yil O`zbekistonda Qozog`iston yili deb e`lon qilinadi'ning rasmi

Qozog`iston parlamenti Senati qo`mita raisi Darig`a Nazarboeva boshchiligidagi parlament vakillari Janubiy Qozog`iston viloyatining O`zbekiston bilan chegaradosh Sariog`och tumanida o`zbekistonlik hamkasblari bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat parlamenti a`zolari bu yil Qozog`istonda O`zbekiston yili, kelasi yil O`zbekistonda Qozog`iston yili bo`lishi munosabati bilan o`zaro do`stlik va qardoshlik munosabatlarini mustahkamlash, madaniy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan o`zaro fikr almashdilar.

Mamlakatlarimiz o`rtasida sayyohlarning erkin kirib-chiqishini ta`minlash tartiblarini yanada engillashtirish masalalari ko`rildi. Shuningdek, Sariog`och tumanining chegara hududida yirik savdo majmuasi tashkil qilishga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar