AsosiyJamiyat

Chiroqchida nosoz avtomashina ikki kishining o`limiga sabab bo`ldi

'Chiroqchida nosoz avtomashina ikki kishining o`limiga sabab bo`ldi'ning rasmi

3 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida sodir bo`lgan baxtsiz hodisa tufayli ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, tumanning Oqtunli qishlog`ida yashagan A.J. “VAZ-21063” rusumli avtomashinasini shu qishloq ichki yo`lida haydab ketayotganida, avtomashinaning orqa reaktiv tyagasi chiqib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay yo`l chetiga ag`darilib ketgan.

Natijada A.J. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Hamda avtomashinada birga bo`lgan qizi ham kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar