Toshkent viloyatining Bo`ka tumanida 2 iyun kuni Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi, A.B. o`zining boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasini “Ohangaron-Bo`ka-Guliston” yo`lining 71-km.da haydab ketayotib shu yo`nalishda oldinda harakatlanib yo`lning chap tomoniga burilayotgan Bo`ka tumanida yashovchi, Sh.S. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasining chap yon tomoniga urilib ketishi natijasida to`qnashuv sodir etgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, natijada “Damas” avtomashinasining bir nafar yo`lovchisi jarohat olib, voqea joyida va uch nafar yo`lovchisi esa kasalxonaga keltirilganlarida vafot etganlar.
Shuningdek “Damas” avtomashinasi haydovchisi, Sh.S. va uning to`rt nafar qolgan yo`lovchilari, jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.






