2017 yil 13 iyunda Prezidentimiz tomonidan sudyalar bilan o`tkazilgan tarixiy uchrashuvda sudyalar kundalik faoliyatida xalq bilan bevosita muloqot shakllarini kengaytirish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirishning barcha choralarini ko`rishlari lozimligi yuzasidan tegishli vazifa va topshiriqlar berilgan.
Ana shunday vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida 2018 yil 30 may kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining raisi M.Mirzajonov, Farg`ona viloyat ma`muriy sudining raisi A.Eranov, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining raisi I.Kasimov va Farg`ona viloyat iqtisodiy sudining raisi T.Atabaevlar tomonidan Buvayda, Uchko`prik, Danag`ara tuman va Qo`qon shahar fuqarolari uchun sayyor qabul va ochiq muloqot o`tkazildi.

Dastavval ochiq muloqotda viloyat sudlari raislari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan mavzularda ma`ruzalar qilindi. Savol-javoblar tarzida o`tkazilgan muloqotda fuqarolar tomonidan berilgan savollarga sud raislari atroflicha tushuntirishlar berib o`tishdi.
Shundan so`ng, sud raislarning fuqarolar uchun sayyor qabuli o`tkazilib, fuqarolarning sud ishlari bilan bog`liq murojaatlari ko`rib chiqildi.
Murojaatlarda ko`tarilgan masalalar yuzasidan qonunda belgilangan tushuntirishlar berildi va ularni hal qilish choralari ko`rildi.
Bu kabi tadbirlarni o`tkazishdan maqsad “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”ligini his qilgan holda, xalq bilan ko`proq ochiq muloqotlar o`tkazish, xalqning ichiga kirib, ularning dardu tashvishlarini eshitish sudyalar faoliyatining asosini tashkil etishi lozim.






