AsosiyJamiyat

Juda katta miqdordagi geroinning O`zbekistonga olib kirilishiga chek qo`yildi (foto)

'Juda katta miqdordagi geroinning O`zbekistonga olib kirilishiga chek qo`yildi (foto)'ning rasmi

Bojxona va davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari hamkorlikda 2018 yilning 31 may kuni “Bekobod” temir yo`l chegara bojxona postida qo`shni davlatdan respublikamiz orqali tranzit tarzida o`tayotgan yuk poezdi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazishganida, vagonlardan birining ostki qismida ko`z ilg`amas bo`shliqlarga joylashtirilgan temir qutilar xodimlarning diqqatini tortdi.

Kuchli magnit vositasi ko`magida vagon ostiga mahkamlangan ushbu temir qutilar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib ko`rilganida, ularning ichiga polietillen o`ramlarda 14 kg. 920 gr. og`irlikdagi geroin giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh bo`ldi.


Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar