AsosiyJamiyat

Muborak oyda seldan jabrlangan xonadonlarga yordam ko`rsatildi (foto)

'Muborak oyda seldan jabrlangan xonadonlarga yordam ko`rsatildi (foto)'ning rasmi

Xabaringiz bor, yurtimizda yog`in-sochinlar bilan kechgan may oyi og`ir va talafotli keldi. Respublikamizning ayrim hududlarida yuz bergan kuchli yog`ingarchilik, afsuski, Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo`rg`on tumanlarini ham chetlab o`tgani yo`q. Buning oqibatida ko`plab aholi xonadonlari jabr ko`rdi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Kosonsoy tumani kengashi faollari Kosonsoy tumanidagi Bog` va Guzar mahallalarida yomg`ir va seldan talafot ko`rgan xonadonlarda obodonlashtirish ishlarini olib bordilar.



photo5224499967085881555.jpg

photo5224499967085881556.jpg– Tumandagi Bog` mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan U.Qo`shmatov va O.Shohidova xonadoniga hamda Guzar mahalla fuqarolar yig`inida hududidagi M. Qambarov, U.Burxonova, X.Matieva, M.Nuriddinova, F.Jalilov, M.Tojiboev kabi o`nlab xonadonlarga fidoyi yoshlar otryadi a`zolari tomonidan shag`allarni tekislash, erto`lalarga to`lgan suvlarni chiqarish, ariqlarni tekislash kabi obodonlashtirish ishlariga amaliy yordam berildi, – deydi O`zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisi Ilyosbek Rahimov.

photo5224723477183965400.jpgQutlug` va muborak Ramazon oyi kunlarida tashkil etilgan bunday savobli, amaliy sa`y-harakatlardan behad mamnun bo`lgan mahalla ahli, ayniqsa, seldan jabr ko`rgan 15dan ziyod xonadon sohiblari Yoshlar ittifoqi tuman kengashiga e`tibor va beminnat ko`mak uchun chuqur tashakkur izhor qildilar.

Oqilxon Dadaboev, jurnalist

    Boshqa yangiliklar