Chempionlar ligasida uch yil ketma-ket qo`lga kiritilgan g`oliblikdan so`ng fransiyalik murabbiy jamoadan ketishini ma`lum qildi.
"Men "Real"ni sevaman. Ushbu klubda ishlash imkoniyatini bergani uchun Peresga minnatdorchilik bildiraman. Orzularim amalga oshdi. Ammo, barcha narsa o`zgaradi", - dedi Zidan klub qarorgohida tashkil qilingan matbuot anjumanida.
45 yoshli mutaxassis klubni 2015/16 yilgi mavsum o`rtasida qabul qilib olgan va o`tgan uch yil davomida uch marotaba Evropa chempionlar ligasi bosh sovrinini qo`lga kiritgandi.
Uning boshchilgida «Real» Ispaniya chempionati, mamlakat Superkubogida g`alaba qozondi. Ikki marta Evropa Superkubogi va klublar o`rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi.
Umuman olganda «Real» Zidan bosh murabbiylikni qo`lga olganidan buyon jami 9ta musobaqada bosh sovrinni qo`lga kiritdi.






