AsosiyJamiyat

​MADANIYaTIMIZNI DUNYoGA TANITIShDA YaNA BIR MUHIM QADAM

'​MADANIYaTIMIZNI DUNYoGA TANITIShDA YaNA BIR MUHIM QADAM'ning rasmi

6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o`tishi kutilayotgan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” mavzusidagi II xalqaro kongressga sanoqli kunlar qolmoqda. Mazkur kongressda dunyoning turli mamlakatlardan olimlar, mutaxassislar, yirik ilmiy muassasalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ushbu yirik xalqaro anjumanda O`zbekistondagi bir qator muzeylarning rahbarlari ham ishtirok etishadi. Anjuman oldidan I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston Davlat san`at muzeyi direktori Gulbahor Izentaevaning fikrlari bilan qiziqdik.

–Bizning muzeyimiz o`zining bebaho eksponatlari bilan dunyoga tanilgan. Uni bejiz “Sahrodagi Luvr” deb atashmaydi. Muzeyimizda Orolbo`yi xalqlarining olis o`tmishidan hikoya qiluvchi minglab bebaho eksponatlar qatorida o`tgan asr boshlariga mansub rus avangard rassomlarining noyob kolleksiyasi saqlanadi. “O`zbekiston madaniy merosi – dunyo to`plamlarida” turkumida chop etilayotgan kitob-albomlarning 9-jildi aynan bizning muzeyimizga bag`ishlangan. Mazkur anjumanda ishtirok etib, xorijlik ishtirokchilarga ushbu muzey haqida kengroq ma`lumot berishni, jahonning turli muzeylari rahbarlari bilan yaqindan hamkorlik o`rnatishni niyat qilganmiz. O`ylaymanki, ushbu yirik xalqaro anjuman o`zbek va qoraqalpoq xadqlari madanitini jahon ahliga yanada ko`proq tanitishda muhim qadam bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar