Saudiya Arabistoni hukumati Yamandagi qurolli mojarolar sababli uch yildan buyon buni ta`qiqlagan edi.
Turkiyaning Onado`li agentligi xabar berishicha, endilikda Yaman fuqarolarini Umra – kichik Haj safarini amalga oshirish maqsadida tashrif buyurishlariga ruxsat etildi.
Ma`lum qilishlaricha, ushbu ruxsatni shaxsan Saudiya Arabistoni Podshohi tasdiqlagan.
Eslatib o`tamiz, Yamanda isyonchi husiychilar (shialarning «Ansarulloh» qo`zg`olonchi harakati), Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulla Solih tarafdorlari hamda Yamanning amaldagi prezidenti Abdu Rabo Mansur Hodi hukumat qo`shini o`rtasidagi qurolli mojarolar 2014 yildan buyon davom etib kelmoqda.






