2018 yilning 29 may kuni jinoyat ishlari bo`yicha So`x tuman sudi tomonidan So`x tumani Madaniyat bo`limi binosida ochiq sayyor sud majlisi o`tkazilib, unda sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanib, sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va muayyan huquqdan mahrum qilish jazolarini o`tayotgan mahkumlarni O`zbekiston Respublikasi JK 73-moddasi tartibida, jazoni o`tashdan muddatidan ilgari ozod qilishga oid taqdimnoma va iltimosnomalar ko`rib chiqildi.
Raislik etuvchi R.Zaripovning fikricha, sayyor sud majlisi nafaqat mahkumlar, balki boshqa fuqarolar uchun ham huquqbuzarlik profilaktikasini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega bo`lib, jami 10 nafar mahkumlarga nisbatan tayinlangan jazo muddatining O`zbekiston Respublikasi JK 73-moddasi 3-qismining “b” bandida ko`rsatilgan qismi haqiqatda o`talganligini, mahkumlar tomonidan jazoni o`tash davrida o`rnatilgan tartib-qoida talablari bajarilganligi va mehnatga halol munosabatda bo`linganligini, ish va yashash joyidan ijobiy tavsiflanganliklarini inobatga olinib, o`talmay qolgan axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolarini, shuningdek qo`shimcha jazo tariqasida tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Siz ham korrupsiyaga qarshi kurashayasizmi?!
2018 yilning 29 may kuni So`x tuman Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan So`x tumani “Xazrati Ali” istiroxat bog`ida xalq bilan ochiq muloqot tashkil etilib, unda jinoyat ishlari bo`yicha So`x tuman sudining raisi R.Zaripov “Korrupsiyani tugatishning mustahkam huquqiy asosi” mavzusidagi ma`ruzasi bilan ishtirok etib, O`zbekiston Resupblikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to`g`risida”gi Qonunining mazmun va mohiyati, mamlakatimizda bu borada amalga chora-tadbirlar va dasturlar samarasi, har bir davlat organi xodimi, shuningdek fuqaroning korrupsiyaga barham berishdagi o`rni haqida tushuntirishlar olib borildi.
R.Zaripovning ta`kidlashicha, har bir fuqaro ertangi kunga ishongan holda, o`ziga “Farzandim qanday jamityada yashashga haqli?!”, “Men farzandim uchun u orzu qilganidek ozod va obod vatan, farovon hayot va qonun ustuvorligi ta`minlanadigan fuqarolik huquqiy jamiyatini qoldira olamanmi?!” degan savollarga javob topa olishi shart.






