AsosiyJamiyat

Samarqandda bemor bolalarga qon topshirish aksiyasi o`tkaziladi

'Samarqandda bemor bolalarga qon topshirish aksiyasi o`tkaziladi'ning rasmi

Adolat” sosial-demokratik partiyasi viloyat kengashi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bemor bolalarni quvvatlantirish maqsadida qon topshirish aksiyasini tashkil etmoqda.

"Zarafshon" nashri xabariga ko`ra, aksiya joriy yilning 1 iyun kuni soat 8.00 dan 15.00 ga qadar Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Shifoxona bosh shifokori, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati T.Xoliqovaning ta`kidlashicha, mazkur tadbir bemor bolalarni samarali davolash va ularning qisqa fursatlarda sog`ayib ketishiga xizmat qiladi.

Bu ezgu ishlarda barcha ko`ngillilar ishtirok etishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar