AsosiyDunyo

Samolyot bortida ko`tarilgan vahima tufayli 11 kishi jabrlandi

'Samolyot bortida ko`tarilgan vahima tufayli 11 kishi jabrlandi'ning rasmi

Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot parvozga tayyorlanayotgan vaqtda bortga portlovchi qurilma o`rnatilgani haqida tarqalgan xabar yo`lovchilarni vahimaga soldi, oqibatda 11 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ma`lum bo`lishicha, yo`lovchilardan biri samolyotga bomba qo`yilgan, deb hazillashgan. Bortdagi yo`lovchilar bu hazilni jiddiy qabul qilishgan va avialaynerning dum qismida joylashgan avariya chiqish eshigidan tashqariga chiqishga harakat qilishgan. Eshik yonidagi tirbandlik oqibatida yo`lovchilar turli darajadagi tan jarohatlarini olishgan.

Voqea joyiga zudlik bilan etib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari samolyotni tekshirib chiqishdi. Tekshiruv jarayonida hech qanday portlovchi qurilma aniqlanmadi. Hazili zilga aylangan yo`lovchi esa qamoqqa olindi.

    Boshqa yangiliklar