Hindistonning Tamilnad shtati ma`muriyati mahalliy aholi talabi bilan Tutikorin shahrida “Sterlite Industries"ning ikkinchi mis eritish zavodi qurilishini to`xtatdi.
Tamilnad ma`muriyatining bunday qaroga kelishida polisiya va zavod qurilishiga qarshi chiqqan namoyishchilar o`rtasidagi qonli to`qnashuv sabab bo`lgan. Qayd etilganidek, o`tgan haftadagi norozilik harakatlarida 13 kishi halok bo`lgan, kamida 70 namoyishchi hisbsa olingan.
Kuni kecha Tamilnad ma`muriyati rahbari Edappadi Palanisvami Tutikorinda faoliyat ko`rsatayotgan “Sterlite Industries"ning birinchi mis quyish zavodi ham butunlay yopilishini ma`lum qildi. Shu haqdagi ma`lumotni OAV keltirib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 22 mayida Tutikorinda ommaviy norozilik boshlangan edi. Namoyishchilar ekologiya va aholi salomatligiga jiddiy zarar keltirayotganini ro`kach qilib, shaharda faoliyat ko`rsatayotgan “Sterlite Industries”ning mis eritish zavodi yopilishini qat`iy talab qilib chiqqan.






