Qo`shma Shtatlar Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalarni hozircha joriy etmaydi.
Oq uy bugun KXDRga qarshi navbatdagi cheklov choralari haqidagi qarorni ma`lum qilish niyatida edi. “Qora ro`yxat”da 30 ta firma, xususan, Rossiya va Xitoyga tegishli korxonalar ham bo`lib, ta`kidlanishicha, Singapurda o`tkazilishi rejalashtirilgan ikki davlat sammitining muvaffaqiyatsizlikka uchragani vajidan ishlab chiqilgan yangi sanksiyalar KXDRni xorijiy ta`minotdan uzib qo`yishni ko`zda tutgan bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, Vashington va Pxenyan joriy yilning 12 iyunida Singapurda AQSh va KXDR sammitini o`tkazishga kelishib olgan edi. Ammo, 24 mayda Qo`shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Pxenyan tomoni “dushmanlik ruhidagi” bayonotlarini ro`kach qilib, Kim Chen In bilan uchrashuv bekor qilingani, ammo bu kelgusida ikki davlat sammiti o`tkazilmaydi, degani emasligini ma`lum qildi. Shundan so`ng KXDR etakchisi Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In bilan Pxanmunjomda muloqot qildi. Kuni kecha Oq uy rahbari ham Singapurdagi sammitga tayyorgarlik ko`rilayotgani, xususan, AQSh delegasiyasi betaraf hudud Pxanmunjonda Pxenyan vakillari bilan muzokara olib borganini ma`lum qildi.






