Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida kuchli momoqaldiroq va chaqmoq chaqish hodisasi kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda Rambler nashri.
Londonda chaqmoq bilan birga kuchli yog`ingarchilik ham sodir bo`ldi. Meteorologiya xizmati 4 soat davomida 64 mingdan ziyod momaqaldiroq ro`y berganini qayd etdi. Hodisa tufayli Stensted aeroportida o`nlab aviareyslar bekor qilindi. Yashin urishi oqibatida samolyotning yoqilg`i quyish tizimiga zarar etgan.
Ta`kidlanishicha, muhandislar tizimni qayta tiklashgan. Biroq reyslar hozircha qayta yo`lga qo`yilmagan. Kechiktirilishlar yana biroz davom etishi mumkin. Yo`lovchilar esa o`z reyslari xaqidagi o`zgarishlarni aeroport sayti orqali kuzatib turishibdi. Voqea sabab qurbonlar va jabrlanganlar yo`q.






