Xitoyda kuchli zilzila ro`y berdi, deya xabar bermoqda 120.su nashri.
Er silkinishi Rixter shkalasi bo`yicha 5,7 ball ekanligi qayd etilgan.
Mamlakatning Songyuan provinsiyasida mahalliy vaqt bilan 01:50 atrofida er silkinishi kuzatilgan. Zilzila boshlanishi bilan odamlar darhol o`z uylarini tark etishga ulgurishdi. Evakuvasiya qilingan odamlar uchun vaqtinchalik lagerlar qurilmoqda.
Silkinish epimarkazi Ningjiang tumanidan bir necha km. uzoqlikda ekani qayd etildi. Birgina ushbu tumanning o`zida 200 dan ortiq uy vayron bo`lgani xabar qilinmoqda. Umumiy hisobda esa 1,600 ta uy ziyon ko`rdi. Tabiiy ofat dalalarga ham katta miqdorda zarar etkazgan. Er silkinishi natijasida guruch maydonlarida o`pirilishlar kelib chiqdi. Voqea tufayli qurbon bo`lgan va jabrlanganlar haqida ma`lumotlar yo`q. Hodisa ro`y bergan hududdagi aholiga kerakli yordam ko`rsatish ishlari olib borilmoqda.






