27 may kuni Gresiya shimolida, Aleksandrupolisdan Orestiaduga yo`l olgan yo`lovchi avtobusini chaqmoq urdi.
Mo``jiza ro`y berib, yo`lovchilar jabr ko`rmadi. Avtobus haydovchisi o`zini yo`qotmay, tezkorlik bilan avtobus salonidan yo`lovchilarni chiqarishga harakat qildi.
Yong`in xavfsizligi xodimlari etib kelgunga qadar, avtobus deyarli yonib bo`lgan edi deb xabar berdi e-evros.gr portali.
O`t uchiruvchilar yong`inni bartaraf etishdi. Bo`lmasa kuchli olov o`sha joyda tarqalishi xavfi bor edi.






