AsosiyJinoyat

Surxondaryoda mast xotin o`z erini pichoqlab qo`ydi

'Surxondaryoda mast xotin o`z erini pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida ichib olgan er-xotinning urushi ko`ngilsiz voqea bilan tugadi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, 26 may kuni viloyatning Sho`rchi tumanida yashovchi R.O`. ismli ayol o`zining 43 yoshga to`lishi munosabati bilan uyushtirilgan bazmda ko`p spirtli ichimlik ichgan va mast holda uyida o`zaro janjal oqibatida, mast holda bo`lgan turmush o`rtog`i I.M.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.

Natijada I.M. kasalxonaga yotqizilgan. R.O`. qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar