27 may kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mudhish avtohalokat sodir bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tumanda yashovchi J.J. o`zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “Chiroqchi-Yakkabog`-Ko`kdala-Sho`rbozor” yo`lining 73-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan R.H. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi R.H. va uning ikki nafar yo`lovchilari jarohat olib voqea joyida vafot etganlar, 1 nafar yo`lovchiga tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Shuningdek, avtohalokatdagi ikkinchi “Neksiya” avtomashinasidan 2 nafar ayol yo`lovchilari kasalxonaga yotqizilgan, haydovchi va 1 nafar yo`lovchiga tibbiy yordam ko`rsatilgan.






