AsosiySport

Toshkentda «Butunjahon velosiped kuni»ga bag`ishlangan musobaqa bo`lib o`tadi

'Toshkentda «Butunjahon velosiped kuni»ga bag`ishlangan musobaqa bo`lib o`tadi'ning rasmi

Ma`lumki, Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tomonidan «3 iyun – Butunjahon velosiped kuni» deb belgilangan.

Shu munosabat bilan, O`zbekiston velosiped sporti Federasiyasi Turkmanistonning O`zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda velotur tashkil etmoqda. «3 iyun Xalqaro velosiped kuni» sifatida nishonlanib, ushbu bayram ilk marta xalqaro miqyosda o`tkaziladi. Mazkur veloturda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, elchixona, vakolatxonalar xodimlari va boshqalar ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o`tamiz, veloturga 3 iyun kuni Toshkent shahar, Taraqqiyot ko`chasida start beriladi. Ro`yxatga olish soat 7-00 dan 8-00 gacha davom etadi. Velopoyga esa soat 9-00da start oladi.

Qo`shimcha ma`lumotlar uchun 237-47-44 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar