AsosiyDunyo

Hurpaygan sochlar: “Eynshteyn 2.0” (Foto)

'Hurpaygan sochlar: “Eynshteyn 2.0” (Foto)'ning rasmi

Illinoyslik bu qizaloq “taralmaydigan sochlar sindromi” bilan tug`ilgan, deya ta`kidlamoqda Layf nashri.


Bir yarim yashar Teylor Makgouen – bunday xususiyatga ega kamyob bolalardan biridir. Uning sochlari qachon qarama tikkayib, hurpayib turadi. Shuning uchun ham bolakay ko`pchilikning e`tiborini tortadi.

Teylorning ota-onasi farzandlarining sochini tartibga keltiramiz, deb rosa xunob bo`lishgan. Ammo hammasi bekor. Alaloqibat, ular qizaloqlarining soch turmagiga ko`nib, uni “Eynshteyn 2.0” deb atashdi.

Teylor sochsiz tug`ilganiga qaramay, besh oyligidanoq uning xurpaygan sochlari o`sa boshlagan. Genetika institutining ma`lumotlariga ko`ra, bunday turdagi sochga ega bo`lganlar bor-yo`g`i 100 nafar ekan.

    Boshqa yangiliklar