Fuqarolarga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahar IIBB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning tuman bo`limlari 26 maydan e`tiboran soat 08:00 dan xizmat ko`rsatishni boshlaydi.
Toshkent shahar IIBB 2018 yil 1 iyuldan biometrik bo`lmagan fuqarolik pasportlarining amal qilmasligi hamda buning uchun ma`muriy javobgarlik belgilanganligini ma`lum qiladi. Sizdan o`z vaqtida pasportlaringizni almashtirishni so`raymiz.






