AsosiyDunyo

Manzilga 8 daqiqada etkazadigan xalqaro aviaqatnov yo`lga qo`yildi

'Manzilga 8 daqiqada etkazadigan xalqaro aviaqatnov yo`lga qo`yildi'ning rasmi

“Aruba Airlines" aviakompaniyasi dunyodagi eng qisqa xalqaro aviaqatnovni yo`lga qo`ydi. Aruba orollari (Niderlandlarning dengiz orti hududi) va Punto Fijo shahri (Venesuela)ni bog`laydigan ushbu aviaqatnov bor yo`g`i 8 daqiqa vaqtni oladi.

Qayd etilishicha, hozircha haftada ikki marta aviaqatnov amalga oshiriladi. Samolyot chipta narxlari 200 dollardan boshlangan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq dunyodagi eng qisqa xalqaro aviaqatnov Germaniya va Shvesariya davlatlari o`rtasida yo`lga qo`yilgan edi. Ammo, talab juda kam bo`lganligi bois u bekor qilingan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar