Xitoylik janob Xu o`z joniga qasd qilish niyatida Emeyshan tog`iga bordi va u erdan o`zini pastga tashlamoqchi bo`ldi, lekin jarlik tepasida u o`z fikridan qaytdi, deya yozmoqda 120.su nashri.
Ammo 28 yashar erkak qopqonga tushib qolgan edi. Axir, u o`z joniga qasd qilish uchun 3000 metrli jarlik labiga kelgandi. Uning baxtiga yaqin atrofdagi monastir monaxlari yordamga etib kelishdi.
O`t o`chirish shlangi yordamida ular xudkushni tortib olishdi. Keyin esa rohiblar janob Xu bilan gurung qilishdi va vaqtinchalik qiyinchiliklar tufayli hayot deb atalmish ne`matdan voz kechmaslikni uqtirishdi.






