Ostonada O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasi va «Oltin O`rda» biznes-klubi vakillari tomonidan avtobusdagi yong`inda halok bo`lgan o`zbekistonliklar xotirasiga bag`ishlab 52ta daraxt ko`chati o`tqazildi. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.
— Fojia ro`y bergan kun Qozog`iston hukumati barcha zarur choralarni ko`rib, o`z yordamini ayamadi. Bugungi tadbir ikki mamlakat o`rtasidagi do`stlikning namoyonidir. Biz halok bo`lganlarning oilalariga bu haqda aytib berishga majburmiz, - dedi O`zbekistonning Qozog`istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo`jaev.
Biznes-klub raisi Marxabat Balgabay Qozog`iston xalqi o`zbek xalqining qayg`usi bilan birdamligini aytdi.
— Biz 52 kishi halok bo`lgan fojiali voqeaga e`tiborsizlik bilan qaray olmaymiz, hamda o`zbek xalqining qayg`usiga sherik bo`lishimiz kerak, deb hisoblaymiz, - deb ta`kidladi u.








