Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`ldi.
Avval xabar berganimizdek 14 may kuni AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp milliy-harbiy tibbiyot markazida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi.
Melaniya Trampning matbuot kotibi Stefani Grishem prezident rafiqasi bir hafta davomida kasalxonada bo`lishi haqida ma`lum qilgan edi.
Shu bois, O`zbekiston Respublikasi birinchi xonimi Ziroat Mirziyoevaga AQSh vise-prezidenti Mayk Pensning turmush o`rtog`i hamrohlik qildi. Bu haqda Karen Pens Tvitterdagi sahifasida ma`lum qilgan.









