AsosiyDunyo

Yoqutistonda yo`lovchi samolyotga o`qotar qurol bilan chiqmoqchi bo`ldi (Video)

'Yoqutistonda yo`lovchi samolyotga o`qotar qurol bilan chiqmoqchi bo`ldi (Video)'ning rasmi

Yoqutistonning Deputatskiy aeroportida favqulodda hodisa yuz berdi, deya xabar qilmoqda Layf nashri.

50 yoshli yo`lovchi nazoratdan o`tish payti qo`lga olindi. Aeroport xodimlari undan Benelli quroli va travmatik to`pponchani tortib olishdi.

Qurol bilan samolyotga chiqish mumkin emasligini bilgan erkak g`azabini yashirib turolmadi. U polisiyachilarni haqoratlab, kichik inspektorga tashlanadi.

Hozirda qonunbuzarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`algan.


Boshqa yangiliklar