AsosiyDunyo

Janubiy Koreya kompaniyalari Shimolga sarmoya kiritish niyatida, faqat...

'Janubiy Koreya kompaniyalari Shimolga sarmoya kiritish niyatida, faqat...'ning rasmi

Janubiy Koreyaning "Hyundai" kompaniyasi Shimoliy Koreyaga sarmoya kiritish yo`llarini o`rganish maqsadida ishchi guruh tuzdi.

Sal avvalroq rasmiy Vashington AQSh kompaniyalari kelajakda Shimoliy Koreyada loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkinligi ma`lum qilgandi.

Vashingtonning yuqori martabali diplomati Mayk Pompeo yakshanba kuni AQSh xususiy kompaniyalariga agar Shimoliy Koreya yadro quroli dasturidan voz kechsa energetika tarmog`i va qishloq xo`jaligi sohalariga sarmoya kiritishga ruxsat berilishini bildirgan edi. Ammo u AQSh hukumati Shimolga pul sarflamasligini aytib o`tar ekan, faqat xususiy kompaniyalar mablag` ajratishini ta`kidlagan.

Mahalliy nashrlarning yozishicha "Hyundai" kompaniyasi Janubiy Koreya hukumatidan Shimoliy Koreyada joylashgan chegaraga yaqin Kaesong sanoat majmuasi ishini tiklashni so`ragan. Ushbu sanoat majmuasi 2004 yilda ochilgan bo`lib, 50 mingdan ortiq shimolliklar mehnat qilishgan va Janubiy Koreya firmalariga mahsulot etkazib berishgan. Ammo, majmua 2016 yilda Shimolning yadroviy sinovi va raketa uchirgani sababli yopilgan.

"Hyundai", shuningdek, Kumgang tog`li kurort hududini qayta tiklashni o`rganmoqda. Bu ob`ekt Shimoliy Koreya askari tomonidan Janubiy Koreyalik mehmonni otib o`ldirganidan so`ng 2008 yildan boshlab xorijliklar uchun yopib qo`yilgan edi.

    Boshqa yangiliklar