Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
- elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to`lovlarni tasdiqlovchi kvitansiyalar, talonlar, chiptalar va boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi;
- tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan elektron tijorat bitimlarini amalga oshirishda to`lovlar virtual terminallar (E-POS) orqali naqd pul shaklida qabul qilinishi mumkin;
- elektron tijorat sub`ektlari korporativ bank kartalari, shuningdek, elektron to`lov tizimlari orqali to`lovlarni qabul qilish huquqiga egadirlar;
- elektron tijorat orqali realizasiya qilingan uch ming AQSh dollarigacha bo`lgan tovarlarni eksport qilish pochta xizmatlarini ko`rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi;
- virtual terminallar (E-POS) shu turdagi nazorat-kassa mashinalari va to`lov terminallariga tenglashtiriladi.
2018 yil 1 iyuldan:
- elektron tijorat orqali realizasiya qilingan tovarlarni etkazib berish bo`yicha xizmatlar ko`rsatuvchi tadbirkorlik sub`ektlariga uchinchi shaxslar uchun to`lovlarni qabul qilish huquqi beriladi;
- elektron tijorat orqali sotiladigan tovarlar uchun ularning umumiy qiymatidan majburiy 15 foizli oldindan to`lov to`lash talabi bekor qilinadi;
- elektron tijorat orqali realizasiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va etkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo`lgan avtomobil transportida O`zbekiston bo`ylab etkazib berishda lisenziya olish talab qilinmaydi;
- elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizasiya qilishga ruxsat etiladi.






