Gavayi aholisi katta portlashni kutib tong qotdi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Kilauea vulqoni joriy oyning boshidan beri otilib chiqa boshladi. Hozirda u shunday kuch to`plaganki, yaqin vaqt ichida portlash ham yuz berib, o`n kilometr radiusni xonavayron qilishi mumkin.
Vulqon rayondagi uylardan birining tagidan otilib chiqa boshladi. Hozirda 2 ming kishi o`z uylarini tark etishgan.






