Adliya vazirligida Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko`rikdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar davlat ro`yxatidan o`tkazildi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Nizom bilan nogironligi bo`lgan shaxslarning haydovchi va haydovchilikka nomzod sifatida tibbiy ko`rikdan o`tish tartibi aniq belgilandi.
Avval bunday shaxslar haydovchilik uchun tibbiy ko`rikdan o`tishida muammolarga duch kelar edi.
Endilikda, nogironligi bo`lgan shaxslarning maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli engil avtotransport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash uchun dastlabki va davriy tibbiy ko`rikdan o`tkazish moneliksiz amalga oshiriladi.
Shuningdek, hujjatda nogironligi bo`lgan shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish tartibi, muddatlari hamda tibbiy ko`rikdan o`tishi lozim bo`lgan nogironlik toifalari belgilandi.






