Yog`ingarchilik bo`lishiga qaramay, bugun poytaxtimizda «Xalqaro oila kuni»ga bag`ishlangan velotur bo`lib o`tmoqda.
Havaskor xotin-qizlar o`rtasida bo`lib o`tayotgan musobaqada ko`plab sportchilar o`z omadini sinab ko`rmoqda.
Bahslar uch yosh toifasida – 18-30, 31-44 va 45 yoshdan yuqori xavaskor sportchilar uchun o`tkazilmoqda.
Velotur poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi «Aviator» savdo majmuasidan «Mirzo Ulug`bek» ko`chasigacha, «Mirzo Ulug`bek» ko`chasidan «Taraqqiyot» ko`chalari bo`ylab o`tkazilmoqda.
MOQ xabariga ko`ra, ushbu sport bayrami soat 14:00gacha davom etishi ko`zda tutilgan.










