Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahrida o`tkaziladigan kelgusi
bayramlarda otiladigan mushaklarning sifatini va go`zalligini, zamonaviy shakllarda aks etishini
xalqaro darajaga ko`tarishni va otiladigan mushaklarning sonini sezilarli darajada oshirishni
rejalashtirmoqda.
"Poytaxtimizda bo`lib o`tadigan har bir bayramlarda, siz aziz shahrimiz aholisi va mehmonlariga o`zgacha bir kayfiyat bag`ishlash maqsadida, Toshkent shahar hokimligi bor imkoniyatini ishga soladi. Bundan tashqari, shahrimiz aholisi va mehmonlari mushakbozlikdan bahra olish imkoniyatiga ega bo`lishlari uchun, shahrimizning bir nechta hududlarida o`tkazilishini ko`rib chiqmoqda", - deyiladi hokimlik axborotida.






