AsosiyDunyo

Bashar Asad Suriyani tiklashga qancha mablag` ketishini ma`lum qildi

'Bashar Asad Suriyani tiklashga qancha mablag` ketishini ma`lum qildi'ning rasmi

Suriya prezidenti Bashar Asad "Katimerini" nashriga intervyu berdi, deb yozadi O`zA.

U intervyu asnosida Suriyani qayta tiklashga 200 milliardan 400 milliard dollargacha mablag` ketishini ma`lum qilgan.

“Bu (mamlakatni qayta tiklash nazarda tutilgan) yuzlab milliard dollar evaziga bo`ladi. Kamida 200 milliard dollar, ayrim ekspretlar esa mablag` miqdorini 400 milliard dollargacha ko`tarmoqda. Nega baholashning aniq nuqtasi yo`q? Chunki, ayrim hududlar hali ham terrorchilar nazoratida qolmoqda, shu boisdan sarflash kerak bo`lgan mablag` miqdorini aniq ayta olmaymiz”, degan u.

Suriyadagi harbiy-siyosiy nizolar 2011 yildan buyon davom etmoqda. Garchi, Suriya va Iroqda IShID ustidan g`alaba qozonilgani e`lon qilingan bo`lsada, mamlakatning ba`zi hududlari hanuz jangarilardan tozalanmoqda. Ayni vaqtda mamlakat kuntartibida Suriyani qayta tiklash va siyosiy tartibga solish masalalari birinchi bo`lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar