Sherobod tumani ichki ishlar bo`limi xodimlari tezkor tadbir chog`ida Qorabog` mahallasida yashovchi sakson yoshdagi Bibixol momo Hayratovaning hovlisida 751 tup ko`knori giyohvandlik moddasi parvarishlanayotganiga duch kelib qoldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Tuman markazidan olis, tog`li qishloqda etishtirilayotgan giyoxvand modda o`simligi xolislar ishtirokida hujjatlashtirildi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma`lumotga ko`ra, ayni paytda ushbu holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






