Qozog`iston Respublikasi fuqarosi Jomart Ertaev Interpol so`rovi bilan Moskvada qo`lga olindi.
Ma`lum bo`lishicha, Jomart Ertaev katta miqdordagi firibgarlik ishlari uchun shu vaqtgacha xalqaro qidiruvda bo`lgan. U "Bank RBK" aksiyadorlik jamiyati direktorlar kengashi raisi maslahatchisi sifatida 80 million dollarlik bank kreditlarini lobbilashtirib, qarz mablag`larini qaytarmaslik tadbirlarini amalga oshirgan.
Xabarda qayd etilishicha, hozirda Jomart Ertaevni Qozog`istonga ekstradisiya qilish masalasi hal qilinmoqda ekan.






