AsosiyDunyo

Isroil Eronning Suriyadagi o`nlab harbiy ob`ektlariga zarbalar yo`lladi

'Isroil Eronning Suriyadagi o`nlab harbiy ob`ektlariga zarbalar yo`lladi'ning rasmi

Isroil harbiylari Eronning Suriyadagi o`nlab xarbiy ob`ektlariga zarbalar berdi. Bu haqda Isroil Mudofa Armiyasi matbuot xizmati tomonidan payshanba kuni tarqatilgan kommyunikeda ma`lum qilingan.

Hujjatda qayd etilishicha: “Isroil Mudofa Armiyasi Suriya hududida Eronning “Al-Quds” tuzilmasiga tegishli o`nlab xarbiy ob`ektlariga zarbalar berdi. Amaliyotlarda ishtirok etgan barcha harbiy samolyotlar bazaga hech qanday ziyonsiz qaytib qo`ndi”.

Avvalroq, Eronning Suriyadagi qurolli kuchlari Golan tepaliklaridagi Isroil qo`shinlari marralariga raketa hujumini uyushtirgani xabar berilgan edi. Isroillik harbiylar ba`zi raketalar nishonga borib tekkan, boshqalari to`xtatib qolingan, deb ma`lum qilishgan. Eronning «Al-Quds» tuzilmasi tomonidan jami 20 ga yaqin raketa uchirildi.

    Boshqa yangiliklar