AsosiyJamiyat

Poytaxtimizdagi Botanika bog`ida bayram tadbiri bo`lib o`tmoqda (onlayn translyasiya)

'Poytaxtimizdagi Botanika bog`ida bayram tadbiri bo`lib o`tmoqda (onlayn translyasiya)'ning rasmi

Toshkent shahridagi Botanika bog`ida Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 73 yilligiga bag`ishlangan bayram tadbiri bo`lib o`tmoqda.

Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardan urush va mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, mamlakatimizda akkreditasiyadan o`tgan xorijiy diplomatik korpus vakillari ishtirok etmoqda.

Bog` bayramona bezatilgan. Sahna ortidagi monitorda xalqimizning urush davrida ko`rsatgan matonati va jasorati, yovqur o`g`lonlarining mislsiz qahramonliklari aks etgan lavhalar namoyish qilinadi. Mardlik, ozod Vatan, tinchlik tarannum etilgan shiorlardan yuraklar junbushga keladi.

Bog` ichidagi maydonda 1941-1945 yillardagi muhit aks etgan. Qo`mondonlik shtabi, okop va blindajlar, tibbiyot punkti, dala oshxonasi qurilgan, Ikkinchi jahon urushi davridagi harbiy texnika, qurol-aslaha namunalari joylashtirilgan. Jang maydonlarida askarlarimiz ko`rsatgan mardlik va jasorat, urushdan qaytmagan minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi, ota-bobolarimizning front orti mehnat faoliyati aks etgan.

    Boshqa yangiliklar