Umummilliy tadqiqot umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilarining bilimini xalqaro talablarga etkazish, unga mosligini o`rganib borish, xalqaro amaliyotda foydalanib kelinayotgan PISA (Programme for international Student Assement), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) kabi dasturlarga bosqichma-bosqich integrasiyalash maqsadida tashkil etilmoqda.
Tadqiqot ishlari joriy yilning may oyi davomida respublika miqyosida tanlab olingan 255 ta maktabda o`tkazilib, unda umumta`lim maktablari 4-sinf o`quvchilarining matematika, o`qish va tabiatshunoslik fanlaridan yutuqlari tajriba-sinov tariqasida o`rganiladi.
Umummilliy tadqiqot materiallari YuNISEFning O`zbekistondagi Vakolatxonasi bilan hamkorlikda amaldagi DTS va xalqaro tajriba asosida tayyorlangan.
Vazirlik matbot xizmati xabariga ko`ra, joriy yilning 10 iyuniga qadar umummilliy tadqiqot natijalari tahlil qilinadi hamda olingan xulosalar asosida yangi o`quv yilidan o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini oshirish va unga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillarni bartaraf etish bo`yicha tegishli choralar ko`riladi.






