Samarqandga sayohatga kelgan Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi Yunusali Ochildiev shahardagi "Sharq" umumiy ovqatlanish shoxobchasida tamaddi qiladi, deb yozadi "Zarafshon" nashri.
Ammo oshxona xodimi undan buyurtma olish jarayonida qo`shimcha tarzda taomlar olishga majbur etilganini ta`kidlaydi.
Bundan norozi bo`lgan Yu.Ochildiev "Ishonch telefoni"mizga qo`ng`iroq qildi.
Vaziyat soha mutaxassislari tomonidan o`rganildi va oshxona xodimi Z.Kulieva mijozga noto`g`ri munosabatda bo`lgani sababli xizmat lavozimidan ozod etildi.






