AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimligi: Poytaxtdagi ayrim ko`chalar vaqtincha yopiladi

'Toshkent shahar hokimligi: Poytaxtdagi ayrim ko`chalar vaqtincha yopiladi 'ning rasmi

Barcha turdagi transport vositalari harakati cheklangan ko`chalarni aylanib o`tish uchun jamoat transportining harakat yo`nalishlariga vaqtinchalik o`zgartirishlar kiritiladi.

Toshkent shahar hokimligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi “Toshkent shahrida ikki yo`llik elektrlashtirilgan tezyurar temir yo`lini qurish” loyihasini amalga oshirish chora tadbirlari to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu temir yo`l qurilish montaj ishlarini bajarishda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo`l harakati ishtirokchilaridan uzr so`rashini bildirib o`tgan.

Toshkent shahar hokimligi ma`muriyati, poytaxliklar va poytaxt mehmonlari yo`llarda haydovchi va yo`lovchilar xavfsizligini ta`minlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonidagi ushbu vaqtinchalik noqulayliklarni to`g`ri tushunishlari ta`kidlab o`tgan.

Toshkent shahar hokimligi Yashnobod tumani Qorasuv ko`chasidan 2-Qorasuv va Elbek ko`chalari bo`ylab Do`stlik metro bekatigacha bo`lgan hududda “O`zbekiston temir yo`llari” AJga er usti temir yo`l qurilish montaj ishlarini bajarishi yuzasidan, 2018 yil 10 may kunidan 2019 yil 31 yanvarga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanishini ma`lum qiladi.

    Boshqa yangiliklar