AsosiyJamiyat

Dilbar Fayzieva: O`zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yuksaltirish har qachongidan-da muhim

'Dilbar Fayzieva: O`zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yuksaltirish har qachongidan-da muhim'ning rasmi

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining ekspertlar kengashi faoliyatiga bag`ishlangan matbuot anjumani boshlangani haqida xabar bergan edik.

Tadbir doirasida San-Fransisko, London, Moskva, Jeneva, Tokio shaharlaridagi vatandoshlarimiz mamlakatimizda savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish modellarini ishlab chiqish, O`zbekiston va dunyoning etakchi xalqaro tahlil va ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish muassasalari o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirmoqda, deb yozadi O`zA.

Moskvadan jurnalist Dilbar Fayzieva so`z oldi:

– Kasbim bo`yicha O`zbekistonda tahsil olgach, Rossiyadagi etakchi telekanallaridan birida ishlashga qaror qildim.

Mamlakatimizda ulkan o`zgarishlar kechayotgan bir davrda O`zbekistonning jahon miqyosidagi siyosiy imijini oshirish har qachongidan-da muhim. Diplom ishim O`zbekistonning siyosiy maydondagi imijini oshirish mavzusiga bag`ishlangani bu borada yaqindan yordam berish imkonini beradi, degan umiddaman.

    Boshqa yangiliklar