AsosiyDunyo

Afg`onistonda masjid portlashi tufayli qurbon bo`lganlarning soni 17 nafarga etdi

'Afg`onistonda masjid portlashi tufayli qurbon bo`lganlarning soni 17 nafarga etdi'ning rasmi

Afg`onistondagi masjidlardan birida portlash ro`y berganligi haqida ma`lum qilingan edi, portlash oqibatida qurbon bo`lganganlarning soni 17 kishiga etdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Voqea Xo`st viloyatida joylashgan masjidlardan birida yuz bergan. Hodisa oqibatida 17 kishi qurbon bo`lgan bo`lsa, yana 34 kishi yaralanib shifoxonga olib ketilgan. Afg`onistonda oktyabr oyida parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar o`tkazish belgilangan bo`lib,masjiddan saylovchilarni ro`yxatga olish markazi sifatida ham foydalanilgan.

Polisiya bergan ma`lumotlarga qaraganda, xudkush terrorchi binoga portlovchi modda bilan kirib, uni yashirincha o`rnatgan. Hozircha hujum uchun javobgarlikni hech bir terrorchilik tashkiloti o`z zimmasiga olmagan.

Ayni vaqtda polisiya voqea tafsilotlarini o`rganmoqda. 14 aprelda mamlakatda saylovchilarni ro`yxatga olish jarayoni boshlangan. Shundan so`ng,bir nechta ro`yxatga olish markazlarida portlashlar sodir bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar