AsosiyDunyo

Suriyaga yana zarbalar yo`llandi

'Suriyaga yana zarbalar yo`llandi'ning rasmi

Iroq harbiy havo kuchlari tomonidan “Islom davlati” terror tashkilotining Suriya hududidagi nuqtalariga bir nechta zarbalar yo`llandi.

Bayonotda qayd etilishicha, hujum yo`nalishi Suriya shimoli-sharqidagi Dashisha aholi punktida joylashgan terrorchilarning qo`mondonligiga yo`naltirildi. Qurbonlar haqida ma`lumotlar yo`q.

Eslatib o`tamiz, 19 aprel kuni ham Iroq bosh vaziri Haydar Obodiyning buyrug`i bilan Iroq hududidan Suriya va Iroq chegarasidagi terrorchilar pozisiyalariga havo zarbalari berilgan.

«Reuters» axborot agentligining xabar berishicha, ushbu zarbalarda AQShdan xarid qilingan «F-16» bombardimonchi samolyotlaridan foydalanilgan. Zarbalar natijasida 36 nafar jangari yo`q qilindi.

Xabarda shuningdek, Iroq Suriyaning eng yaqin hamkorlari bo`lmish Eron hamda Rossiya bilan yaqin aloqalarni qo`llab-quvvatlayotgani qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar